Koronavirusning «arktur» deb nomlangan yangi versiyasi juda yuqumli va avvalgi immunitetni chetlab o`tishga qodir. Bu haqda Rossiyaning «Rospotrebnadzor» muassasasi rahbari Anna Popova ma`lum qildi, deb xabar beradi TACC.
«Ushbu turdagi virus avvalgilariga qaraganda tezroq tarqaladi. Har qanday kichik aloqa infeksiyani keltirib chiqarishi va kasallikning rivojlanishiga hissa qo`shishi mumkin. Biz bu virusni hali ham o`rganyapmiz, biroq xorijlik olimlarning fikriga ko`ra, u avvalgi immunitetni chetlab o`tishi mumkin», — dedi Popova.
Uning so`zlariga ko`ra, kasallik gripp kabi o`tadi va bemorni kasalxonaga yotqizishga hojat qolmasligi mumkin.
Rospotrebnadzor rahbarining so`zlariga ko`ra, uning bo`limi may oyi oxirida COVID-19 ning «arktur» varianti avj olish xavfini prognoz qilmoqda.
«Sog`liqni saqlash tizimi haddan tashqari yuklamaga tayyor. Biz may oyining oxiriga kelib yana avj olish xavfini ko`ramiz. Endi bayramlar boshlanadi, hamma yig`iladi, bu virus o`sha erda tarqalishi ham mumkin», — dedi Popova.
Uning so`zlariga ko`ra, Rossiyada koronavirusning «arktur» variantini yuqtirishning to`rtta holati tasdiqlangan.
«Arktur», «Omikron»ning yangi mutasiyasi, Hindistonda keng tarqalgan, - dedi Rospotrebnadzor rahbari.
21.04.2023 10:08
Koronavirusning yangi versiyasi may oyida avj olishi mumkin - mutaxassis






