AsosiyJamiyat

Ayrim tadbirkorlarga 50 mln so`mgacha kreditlar garovsiz beriladi

'Ayrim tadbirkorlarga 50 mln so`mgacha kreditlar garovsiz beriladi'ning rasmi

“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishni takomillashtirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini ko`paytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori  (161-son, 19.04.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

Qarorga ko`ra, oilaviy dasturlar bo`yicha kreditlar foizi yillik 14 foizdan oshmaydi. Bunda:

- kreditlar ustuvor ravishda dasturlar bo`yicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga ajratiladi;

- dasturlar doirasida ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yo`lga qo`ygan va kredit to`lovlarini o`z vaqtida to`lagan kichik tadbirkorlarga o`z faoliyatini yanada kengaytirishi uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi.

Shuningdek:

- hokimliklar dehqon xo`jaliklariga er maydonlaridan samarali foydalanish hamda “bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulotlar etishtirish va etishtirilgan mahsulotlar bozorini topishga ko`maklashadi;

- Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi narxlar asossiz o`sishining oldini olish, etkazib berilayotgan mahsulotlar (ko`rsatilayotgan xizmatlar) narxlarining hududdagi ichki bozor narxlariga mutanosib bo`lishini ta`minlaydi;

- hokim yordamchilarining kredit ajratish bo`yicha tavsiya berishiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining aralashuviga yo`l qo`yilmaydi.

- “marketpleys” tizimi “E-aktiv” axborot tizimi bilan integrasiya qilinadi.

Dasturlar doirasida 50 mln so`mgacha garovsiz kreditlar:

➖ Prezident qaroriga asosan zargarlik ishi yo`nalishi bo`yicha maxsus o`quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olgan shaxslarga zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan jihozlar va asbob-uskunalar sotib olish uchun;

➖ agrar tarmoqda o`z biznesini tashkil etishga ko`maklashish, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishda dehqon xo`jaliklarining ulushini oshirish maqsadida uzoq muddatga qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan er maydonlarini ijaraga olgan dehqon xo`jaliklari va kichik tadbirkorlarga ajratiladi.

 

    Boshqa yangiliklar