AsosiyJamiyat

Buxoroda 9-sinf o`quvchisi elektrokar yaratdi

'Buxoroda 9-sinf o`quvchisi elektrokar yaratdi'ning rasmi

Buxoro viloyatining Vobkent tumanida 9-sinf o`quvchisi retro dizayndagi elektromobil yaratdi. Bu haqda “O`zA” axborot agentligi xabar bermoqda.

Shahzodjon Erkinov yaratgan retro dizayndagi elektromobil ayni damda soatiga 50 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Zarur texnik ishlar bajarilsa, tezlikni soatiga 100 kilometr va hatto undan ham oshirish mumkin. Elektrokar quyosh paneli, shuningdek, elektr toki vositasida ham quvvatlanadi. 

“Bu turistik zonalarda, parklarda, dam olish maskanlarida odam tashish uchun mo`ljallangan”, – deydi o`quvchi.

Elektromobilning o`ziga xos jihati shundaki, u faqat Shahzodning qo`l barmog`i bilan yoqiladi va dasturlash to`liq o`zbek tilida amalga oshirilgan. Elektromobilga ixtirochi 12 voltli to`rtta quyosh panellarini o`rnatib, uning quyosh energiyasida harakatlanishini ta`minladi. 

 

    Boshqa yangiliklar