Turkmaniston Rossiya bilan vizasiz rejimga o`tishni xohlasa rus davlati bunga tayyor. Bu haqda TASS agentligi ma`lum qildi.
“Biz Turkmaniston tayyor bo`lgan darajada viza rejimi, turizm va hokazolar masalasini liberallashtirishga tayyormiz. Shuni alohida ta`kidlamoqchimanki, biz Turkmanistonga hech narsa yuklayotganimiz yo`q. Bu munosabatlarni tartibga solish uning suveren huquqidir, biz uning qarorlarini hurmat qilamiz. Ammo bu har bir davlatning ichki ishi. Turkmaniston xavfsizlik masalalariga katta ahamiyat beradi. Shu ma`noda, bizning davrimizda bu muhim ustuvor yo`nalishdir”, deydi elchi.






