20 aprel kuni soat 19:18 da Farg`ona viloyati FVBga Farg`ona shahar “Simtepa” MFY Hidoyat ko`chasi joylashgan xonadonlarning birida yashash uyning tomi qulab tushgani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmatining xabar qildi.
Mazkur uyda 2 nafar mavsumiy ishchilar ishlayotgan bo`lgan. Uyning tom qismi ishchilarni ham bosib qolgan.
Voqea joyiga FVB qutqaruvchilari etib borib, ushbu fuqarolarning hayotini saqlab kolgan va tez tibbiy yordam xodimlari orqali shahar shifoxonasiga joylashtirilgan.
"Hozirda ushbu fuqarolarning ahvoli yaxshi, tez orada o`z uylariga javob beriladi", - deyiladi xabarda.






