1

«Erim xiyonat ko`chasida...»

SUG'DIYONA 06.10.2016, 10:46
Teglar: Oila, Er-xotin
«Erim xiyonat ko`chasida...»

— Oila qurganimizga o`n to`rt yildan oshdi. Shu vaqtgacha turmush o`rtog`imdan biror marta shubhalanmagandim. Lekin oxirgi yillarda ayshu-ishratga o`ch bo`lib qoldi. Telefonidan turli «SMS» xabarlarni o`qiyman. Bir necha bor mashinasidan ayollarning buyumlarini topib oldim. Bilsam, menga xiyonat qilarkan. Qaynonam bilan birga yashaganimiz uchun u kishining xizmatida bo`lib, bolalardan vaqt orttirolmay, erimga e`tibor bera olmadimmikan? Qanday qilib, bu ahvolga tushib qoldik, o`ylab o`yimga eta olmayapman?

Zulxumor, 34 yosh, Toshkent shahri. 

 

Qaynonajon: Avvalo, shubha-gumonlar ich-etingizni kemirayotgan bo`lsa, bu masalaga oydinlik kiritish kerak. Qiynalib yurgandan ko`ra aniqlashtirgan ma`qul. Bolalar voyaga etib kelayotgan bir paytda u kishining bunday maishatparastligi Xudoga xush kelmas. Masalani yana boshqa bir tomoni ham bor-da, ona qizim. Mabodo, «SMS» yuboruvchilar oilani buzish payiga tushgan kimsalar bo`lib, xonadoningiz tinchini ko`rolmayotgan bo`lsa-chi? Oqibatini o`ylab ish tutish kerak-da. Har holda oila jiddiy masala. Qaynonangiz bilan maslahatlashib ko`rdingizmi? Albatta, maslahatlashing. Qari bilganni pari bilmas. Qolaversa, ona  o`z bolasining fe`l-atvorini  hammadan yaxshiroq tushunadi. Qaynona xizmatiga kelsak, ularning duolarini oling, sira kam bo`lmaysiz. Erni ko`ngliga qarash, unga e`tiborli bo`lish ham xotinning burchi ekanligini unutmang. Oilani mustahkamlash uchun ayol hamma narsaga ulugurishi shart. Juftini yomon yo`ldan qaytarish ham ko`p jihatdan ayolga bog`liq. Erkaklar oiladagi katta bolangiz kabi e`zozu e`tiborga muhtojdirlar. O`z uyidan topolmagan e`tiborni ko`chadan qidira boshlaydi. Ko`chadagi ayol esa hech qachon uning yaqini, do`sti, jufti haloli kabi g`amxo`r bo`lolmaydi. Ming afsuski, ular bu haqiqatni tushunib tursalar-da, tan olgilari kelmaydi. O`zlarini o`zlari yolg`onlarga ishontirib, aldovlar og`ushida yashaydilar. Shu bois bu ko`cha hayoti juda qisqa va oqibati achinarli yakunlanadi. O`rni kelganda, turmush o`rtog`ingizga shular haqida ham gapirish kerak, fikrimcha.

 

Shahnoza XALILOVA, ruhshunos: «Balki erimga etarlicha e`tibor bera olmayotgandirman» degan so`zlaringizdan o`zingizni aybdor sanayotganingizni tushunish mumkin. Biz ayollar tabiatan shunaqamiz, aybni avval o`zimizdan izlaymiz, erkaklar esa aksincha, o`zlari xato qilsalar-da, boshqalarni aybdorga chiqarishadi. Demak, birinchi galda mana shu aybdorlik hissidan xalos bo`lish darkor. Chunki tabiat qonuniga binoan aybdor kishi jazolanishi lozim. Turmush o`rtog`ingizning bunday palapartish hayot kechirishi esa nozik munosabatlarda o`zini topmaganligi tufayli bo`lishi mumkin. Uning xatti-harakatlari ruhiy olamida muammolar mavjudligini ko`rsatmoqda. Shu kungacha qaynonangizning beminnat yordamchisi bo`lib, xizmatlarini qilibsiz. Ana endi u kishini ishga solish fursati etdi. Nima bo`lganda ham yodingizda bo`lsin, bu hayotning bir sinovidan keyin inson yanada kuchliroq bo`lishni o`rganadi.

Saodat OChILOVA yozib oldi. 

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Er-xotin 5 bosh qo`y o`g`irlab qo`lga tushdi

03.12.2019, 10:59

 Poytaxtimizning Mirobod tumanida yashovchi fuqaro H.N. Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, 29 noyabrga o`tar kechasi o`ziga tegishli «Gulobod» mahalla fuqarolar yig`ini...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1