AsosiyJamiyat

Farg`onada sodir bo`lgan dahshatli YTHda ikki nafar yo`lovchi halok bo`ldi

'Farg`onada sodir bo`lgan dahshatli YTHda ikki nafar yo`lovchi halok bo`ldi'ning rasmi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Qo`qon shahrida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida 5 kishi vafot etganligi haqidagi xabar tarqaldi.

Holat bo`yicha Farg`ona viloyati IIB ma`lumot taqdim etdi.

Ma`lum bo`lishicha, bugun 22 aprel kuni soat 08:00 larda berilgan dastlabki xabarga ko`ra, haydovchi 1998 yilda tug`ilgan A.T “Gentra” rusumli avtomashinani shaharning Turkiston-Po`stindo`z ko`chalari kesishgan chorrahada boshqarib kelayotgan vaqtda, 1972 yilda tug`ilgan B.X boshqaruvidagi “Mersedes benz” rusumli avtomashina 2-darajali yo`ldan chiqib kelishi natijasida YTH sodir bo`lgan.

Natijada “Mersedes benz” avtomashinasida bo`lgan 2 nafar yo`lovchilar og`ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Haydovchilar A.T va B.X.lar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar