1

Sun`iy intellekt ichimlik suvi taqchilligiga sabab bo`lishi mumkin

Hi-tech 22.04.2023, 12:34
Sun`iy intellekt ichimlik suvi taqchilligiga sabab bo`lishi mumkin

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga qaraganda, "ChatGPT" 100 ta savolga javob berishi uchun bir litr suv sarflaydi, faqat "GPT-3" til modeli asosida "ChatGPT"ni yaratish va o`qitish uchun kuniga 700 ming litr suv kerak bo`lgan. Bu 5000 kishilik kichik qishloqning kunlik iste`moli bilan teng demakdir. Agarda chatbotni o`qitish va tuzish uchun taxminan bir oy vaqt ketgan taqdirda ham u sarflagan ichimlik suvi miqdori qariyb O`zbekistonning yarim aholisi iste`mol qiladigan miqdorga teng bo`lardi.

Shuningdek, serverlarni sovitish va ortiqcha yuklamalarni engillashtirish uchun ham toza ichimlik suvi talab qilinadi. "ChatGPT" serverlari kuniga 320 ta "Tesla" avtomobilini ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan suvni sarf qiladi. 2023 yil fevral oyi ma`lumotlariga ko`ra, "ChatGPT" saytiga kuniga 13 million foydalanuvchi tashrif buyuradi. Bu soniyasiga 150 kishi degani.

Faqat "ChatGPT"ni o`qitish uchun 1300 MVt/soatdan ko`proq elektr energiyasi kerak bo`lgan. Bundan tashqari, bu energiya miqdori Farg`onadan Ustyurtgacha deyarli 1600 marta borib-kelishga etadi.


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1