Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug`bek tumanidagi avtomobil yuvish shoxobchasi oldidagi ko`p yillik daraxtlar kesib tashlanganligi to`g`risida xabarlar tarqaldi. Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, Mazkur holat Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan borib o`rganilgan.
Tekshiruv natijasida Mirzo Ulug`bek tumanidan kelib tushgan murojaatga asosan, «P.S» MChJ tomonidan hududdagi daraxtlarni ko`chirib o`tkazishda agrotexnik qoidalarga rioya etmaganligi aniqlangan.
Hozirda O`zbekiston Respublikasi MJTK 79-moddasida belgilangan tartibdagi jazo chorasini qo`llash maqsadida, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.






