Buxoro viloyati Qorako`l tumanida maktab direktori tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyati fosh etildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko`ra, holat Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorlikda o`tkazgan tezkor tadbir davomida aniqlangan. Qorako`l tumanidagi umumta`lim maktablaridan birining rahbari, “Xo`jakon” mahallasida yashovchi, 1965 yilda tug`ilgan J.F. o`z xizmat mavqeyidan foydalanib, boshqa fuqarolar B.M. ismli erkakni maktab qoruvuli, N.S. ismli ayolni farrosh vazifasiga ishga qabul qilgan.
Buning evaziga ushbu maktab xo`jalik ishlari bo`yicha mudirasi X.G. orqali ularning bir oylik maoshlari miqdoriga teng kimyoviy ishlov berilgan 900 000 so`m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






