AsosiyDunyo

Meksika prezidentining bir necha yildan beri sotilmay turgan samolyoti Tojikistonga 92 million dollarga sotildi

'Meksika prezidentining bir necha yildan beri sotilmay turgan samolyoti Tojikistonga 92 million dollarga sotildi'ning rasmi

Meksika Tojikistonga prezident samolyotini 92 million dollarga sotdi.
Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obradorning so`zlariga ko`ra, mablag`lar ikkita kasalxona qurishga yo`naltiriladi.
Bu haqida TASS xabar berdi.

 Meksika hukumati bir necha yil avval sotuvga qo`ygan prezident samolyotini Tojikiston hukumatiga 1,66 milliard peso (92 million dollar)ga sotdi. Bu haqda payshanba kuni davlat rahbari Andres Manuel Lopes Obrador ma`lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

Meksika rahbarining so`zlariga ko`ra, bu mablag` ikkita shifoxona qurishga yo`naltiriladi.

2012-yilda prezident Felipe Kalderon davrida buyurtma qilingan samolyot Meksikaga 2016-yilning fevralida, Enrike Penya Neto boshqaruvchi bo`lganida kelgan. Turli hisob-kitoblarga ko`ra, buning uchun 220 million dollardan 400 million dollargacha to`langan.2018-yilning 1-dekabrida mamlakatni boshqargan Lopes Obrador avialaynerdan foydalanmagan va bir necha bor unga yangi xo`jayin topishga va`da bergan

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar