AsosiyJamiyat

O`zbekistonda piyoz narxi keskin tushdi

'O`zbekistonda piyoz narxi keskin tushdi'ning rasmi

East Fruit ma`lumotlariga ko`ra, o`tgan haftada O`zbekistonda yangi va o`tgan yilgi piyozi narxi pasaygan.

East Fruit ma`lumotlari o`tgan haftada O`zbekistonda yangi va o`tgan yilgi  piyozi narxi pasayganini ko`rsatadi. 14 apreldan 21 aprelgacha yangi piyozning o`rtacha ulgurji narxi bir kilogramm uchun 8 ming so`mdan 4 ming so`mga tushdi.

Shuningdek, o`tgan yilgi piyozning ulgurji narxi ham pasaygan. Bunga O`zbekiston ichki bozorida yangi ekin piyoz etkazib berishning keskin oshgani o`tgan yilgi piyoz narxiga bosim o`tkazayotgani bilan bog`liq, deydi mutaxassislar.

Xuddi shu davrda ushbu mahsulotlarning o`rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 6000 so`mdan 5000 so`mga pasaygan.

    Boshqa yangiliklar