Farg`onada ishchi o`zi kesayotgan 18 metrli bunkerlar ostida qolib, halok bo`ldi.
Qo`qon shahridagi MChJ rahbari fuqaro Yni yollanma ishchi sifatida ishga qabul qilgan. U "Mehnatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonunning talablarini buzib, uni texnologik qurilmalar va ular bilan bog`liq konstruksiyalar montajchisi vazifasiga tayinlagan.
Shuningdek, xodimni shartnoma asosida yirik zavodlardan birining ishlab chiqarish sexidagi tayyor mahsulotlarni qadoqlash omboriga demontaj ishlarini bajarish uchun jalb etgan. Xodim ish jarayonida xavfsizlik qoidalariga amal qilmagan holda, balandligi 18 metr bo`lgan uchta qadoqlash bunkerining tayanch qismlarini bezak yordamida kesgan vaqtda bunkerlar qulab tushgan. Qurilmaning ostida qolgan xodim hodisa joyida halok bo`lgan.
Jinoyat ishi Qo`qon sudida sudlanuvchi aybiga to`liq iqrorligini, jabrlanuvchining oila a`zolariga moddiy yordam ko`rsatgani, marhumning dafn marosimlarini o`tkazgani, uning rafiqasi hisob raqamiga ko`p miqdorda pul qo`ygani va boshqa jihatlarni inobatga olib, suddan engillik so`ragan.
Sud raisi aybdor qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonligi, muqaddam sudlanmagani, nafaqa yoshidaligi, etkazilgan zarar to`liq qoplanib, jabrlanuvchining qonuniy vakilining unga nisbatan da`vosi yo`qligi inobatga olinib, jarima jazosi tayinlanganini ma`lum qildi.






