Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda bir guruh ayollar tomonidan qarzini bermagani uchun boshqa bir ayol do`pposlanib, sochlari kesilgani va kiyimlari yirtib tashlangani haqidagi xabar tarqaldi.
Viloyat IBB tomonidan olib bor ilgan surishtiruvda aniqlanishicha, holat 2022 yilning noyabr oyi oxirlarida, Denov tumani Bog`ishamol mahallasi hududida sodir bo`lgan.
Unda sariosiyolik 32 yoshli ayol D.S. Denov tumanida yashovchilar – 20 yoshli R.G. va X.N. ismli ayollar tomonidan o`rtalarida avvaldan mavjud bo`lgan nizolari ortidan "samosud" qilingan. D.S.ni mahalla hududida urib, unga tan jarohati etkazishgan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan, Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






