Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda Xorijiy til olimpiadasida hammadan yuqori ballni olgan o`quvchiga 4-o`rin berilgani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi ma`lum qilishicha, videolavhada viloyatning Qamashi tumanidagi 6-sonli maktab jamoasining to`plagan balli aslida yuqori ekanligi qayd etilgan.
Qayd etilishicha, ushbu olimpiadada ham o`qituvchilar, ham o`quvchilar ham sinovdan o`tgan. Natijalarga ko`ra, o`quvchilar ko`rsatkichi yuqori bo`lgan, lekin o`qituvchilarning to`plagan ballari past bo`lgan. Umumiy hisobda, maktab jamoasining olgan ballari 4-o`ringa loyiq deb topilgan. Shu sababli nizom talablariga ko`ra, asosiy ko`rsatkichlar bilan erishilgan natija umumlashtirilgan.
“Xorijiy tillarni o`qitish bo`yicha eng yaxshi maktab” tanlovni tuman bosqichi bo`yicha Qamashi tumanidan:
1-o`rin 44-maktab, ball:41,08;
2-o`rin 63-maktab, ball: 40, 12;
3-o`rin 72-maktab, ball: 38,72 larni maktab jamoasi qo`lga kiritgan.
Aniqlanishicha, tarqalgan xabarlarda qayd etilayotgan Qamashi tumanidagi 6-maktab jamoasini to`plagan ball 25,92 ni tashkil etgan.






