AsosiyDunyo

Qozog`istonda yashinib yurgan o`zbekistonlik jinoyatchi qo`lga olindi

'Qozog`istonda yashinib yurgan o`zbekistonlik jinoyatchi qo`lga olindi'ning rasmi

20 aprel kuni Qozog`istonning Atirau viloyati IIB Ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan xalqaro qidiruvdagi 1975 yilda tug`ilgan o`zbekistonlik jinoyatchi qo`lga olindi.

Tezkor tadbir davomida unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o`ldirish) va 248-moddasi 2-qismi (noqonuniy qurol saqlash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, xalqaro qidiruv e`lon qilinganligi aniqlangan. 

Uning vaqtinchalik yashash joyini ko`zdan kechirilganda Qozog`iston hududida taqiqlangan diniy kitoblar va disklar topilgan.

 Mazkur holatga ko`ra, gumonlanuvchi Qozog`iston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining 128-moddasiga asosan qo`lga olinib, qamoqqa olingan.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar