AsosiyJamiyat

Endi hokim yordamchilarining kredit ajratish bo`yicha tavsiyasiga hokim aralashmaydi

'Endi hokim yordamchilarining kredit ajratish bo`yicha tavsiyasiga hokim aralashmaydi'ning rasmi

Joriy yil 19 aprel kuni "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishni takomillashtirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini ko`paytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko`ra, endi oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida aholi va tadbirkorlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun 13 trillion so`m ajratiladi. 

Oilaviy dasturlar bo`yicha kreditlarni yillik 14% stavkada ajratish tartibi saqlab qolinadi. 

Shuningdek, hokim yordamchilari tashabbusi bilan ba`zi tadbirkorlarga 50 million so`mgacha kreditlar garovsiz beriladi. Kreditlar birinchi navbatda dasturga muvofiq avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga ajratiladi.

Qolaversa,  dasturlar doirasida avval kredit olib, undan samarali foydalanib, tadbirkorligini yo`lga qo`ygan va kredit to`lovlarini o`z vaqtida to`lagan kichik tadbirkorlarga faoliyatini yanada kengaytirishi ushbu  kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat beriladi.

Hokimlar dehqonlarga erdan unumli foydalanishga va "bir mahalla – bir mahsulot" tamoyili asosida mahsulotlar etishtirishga va ularni o`z bozorini topishga ko`maklashadi, "marketpleys" tizimi "E-aktiv" axborot tizimi bilan integrasiya qilinadi.

Ushbu mahsulotlarning narxlari ko`rsatilayotgan xizmatlar va boshqa omillar hisobiga ichki bozor narxlariga qaraganda asossiz oshib ketmasligini Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi o`z nazoratiga oladi. Va eng asosiysi, endilikda hokim yordamchilarining kredit ajratish bo`yicha tavsiya berishiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining aralashuviga yo`l qo`yilmaydi.

    Boshqa yangiliklar