FVV matbuot xizmati xabariga ko`ra, 22 aprel kuni soat 15:30 da Toshkent viloyati FVB Tezkor boshqaruv markaziga viloyatning Parkent tumanidagi "Chotqol" tog`larida sayohat qilib yurgan ayolning oyog`i qayrilib ketishi natijasida tan jarohati olib, yura olmayotganligi va unga yordam zarur ekanligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, zudlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlariga jalb qilingan Parkent tumani FVBning bir guruh qutqaruvchilari tomonidan tan jarohati olgan fuqaroga amaliy yordam ko`rsatildi.
Ayni payt yordam ko`rsatilgan fuqaroning ahvoli yaxshi.






