Xitoy Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning suverenitetini hurmat qiladi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning ma`lum qildi.
Uning so`zlariga ko`ra, rasmiy Pekinning Qrim yarim oroli bo`yicha pozisiyasi o`zgarmagan. Xitoy diplomatik missiyasi vakili Parijdagi elchi Lu Shaening mintaqaga egalik qilish haqidagi bayonotiga shunday munosabat bildirdi:
“SSSR parchalanganidan keyin Xitoy tegishli davlatlar bilan diplomatik aloqalarni o`rnatgan birinchi davlatlardan biri bo`ldi. Xitoy Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin tashkil etilgan respublikalarning suveren maqomini hurmat qiladi", - dedi Mao Ning brifingda.
Avvalroq Fransiyadan Lu Shae persona non grata deb e`lon qilinishi talab qilingani ma`lum bo`lgan edi.






