Toshkentdagi xonadonlarning birida erkak o`zini yoqib yubordi. Bu haqda “Millar”da xabar berildi.
Ma`lum qilinishicha, erkak rafiqasi bilan juda ko`p janjallashib, hamisha asabiy holatda yurgan. Holat sodir bo`lgan tunda ham ayoli bilan janjal sodir bo`lgan. Erkak avvaliga uyga o`t qo`yishini aytgan. Birozdan so`ng, spirtli ichimlik ta`sirida mast bo`lib qolgan va o`zining ustidan etil spirtini quyib yoqib yuborgan.
Shifokorning aytishicha, bemor markazga olib kelinganda og`ir ahvolda bo`lgan. Unda 35 foiz kuyish jarohati aniqlangan.
“Bemorning jarohatlari turli xil chuqurlikda. Bemorning boshi, tanasi va ikki qo`l-oyoqlari alangadan kuygan. Olib borilgan tezkor tibbiy yordam tadbirlari natijasida hozirda uning ahvoli biroz yaxshilangan”, - deydi shifokor.






