AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi ko`p qavatli uyda gaz portladi (video)

'Qashqadaryodagi ko`p qavatli uyda gaz portladi (video)'ning rasmi

Qashqadaryoning Kitob tumanidagi ko`pqavatli uyda gaz portladi. Bu haqda FVB matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, voqea 24 aprel kuni soat 21:49 larda “Guliston” MFYda joylashgan 4 qavatli uy xonadonida yuz bergan. Gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida fuqaro A.E. engil tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Hodisa oqibatida uyning deraza va eshik romlari joyidan qo`zg`algan. Ijtimoiy tarmoqlarda xonadonning portlashdan keyingi holati aks etgan tasvirlar tarqaldi. 

Voqea joyiga tumanning FVB, IIB, SSB, gaz ta`minoti bo`limi hamda prokuratura mas`ullari chiqshrgan. Holat yuzasidan tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar