AsosiyJamiyat

Toshkent er usti metrosining yana beshta bekati yo`lovchi tashishni boshladi

'Toshkent er usti metrosining yana beshta bekati yo`lovchi tashishni boshladi'ning rasmi

Transport vazirligi er usti xalqa metro yo`lining II bosqichi doirasida qurib bitkazilgan beshta bekatda yo`lovchi tashuvlari boshlangani haqida xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Qo`yliq—Quruvchilar uchastkasida qurilish ishlari tugatilgan beshta bekatning umumiy uzunligi 7,74 kilometrni tashkil etadi. Shunday qilib, Toshkent metropolitenining bekatlari soni 48 taga etgan.

«Er usti metrosi qurilishining ikkinchi bosqichi to`liq yakunlanishi bilan Toshkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan ziyod, bekatlar soni 50 ta bo`ladi», deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar