1

Bo`lajak onalar uchun maxsus 8 sport turi

SUG'DIYONA 06.10.2016, 14:39
Teglar: Salomatlik, Ona, Ona va bola
Bo`lajak onalar uchun maxsus 8 sport turi

1. Ertalabki jismoniy mashq 

Yangi kunni qarshi olishda bajarilgan murakkab bo`lmagan mashqlar organizmga quvvat bag`ishlaydi. Shuningdek, yoqimli musiqa sadolari ostida shug`ullangan bo`lsangiz, kayfiyatingiz ko`tariladi, moddalar almashinuvi tezlashadi, ish faolligi oshadi. Asosiysi esa sog`liq mustahkamlanadi.

2. Homiladorlar aerobikasi 

Malakali murabbiy nazorati ostida bajarilgan engil jismoniy mashqlar tug`ruq jarayonida ishtirok etuvchi mushaklarning chidamliligini oshiradi, homilani kislorod bilan ta`minlaydigan yurakni mustahkamlaydi. Aerobika shishlardan aziyat chekuvchi bo`lajak onalar uchun muammoning amaliy echimidir.

3. Yurish 

Ijobiy jihatlari talaygina: hamma uchun foydali, maxsus kiyim yoki jihozlarni talab etmaydi, istak bo`lsa, bas! Yurish mashqi uchun mablag` sarflashga hojat yo`q. Bu shunchaki sayr emas, bir maromda tez-tez qadam bosish lozimligini unutmang. Muntazam yurish bilan shug`ullansangiz, yurak kasalliklari hamda varikoz sizga begona bo`ladi! Qorin devorlaridagi mushaklar mustahkamlanadi. Buning uchun kun davomida 3 km. masofani bosib o`tish tavsiya etiladi. Ammo organizmingizga quloq tutishni unutmang, charchagan zahotingiz mashqni to`xtating.

4. Suzish 

Agar shifokoringiz ruxsat bergan bo`lsa, tug`ruqqacha hovuzda suzish mashqini bajarsangiz bo`laveradi. Suv muolajasi umurtqa pog`onasi, bo`g`imlar va bel mushaklaridagi og`riqlarni kamaytiradi. Bu sport turi kayfiyatni ko`tarishi bilan ham ajralib turadi.

5. Akvaaerobika

Suzishdan tashqari suvda mashqlar ham bajariladi. Foydali jihatlari ham shunga yarasha! Bir boshdan sanaymiz: teri cho`ziluvchanligini ta`minlaydi, varikozga qarshi vosita sanaladi, vaznni bir me`yorda ushlaydi hamda to`g`ri nafas olishni o`rgatadi. Ona qornidagi homilaning tug`ruqqa mos holatni olishiga ko`mak beradi. 

6. Toza havodagi sayr 

Homilani o`rab turgan yo`ldoshni kislorodga to`yingan qon bilan ta`minlanishi uchun ko`proq sayr qilish zarur. Chunki bu jarayon homilaning sog`lom rivojlanishiga sabab bo`ladi. Ertalab va kechki uyqudan oldin sayrga chiqishni odatga aylantirgan bo`lajak ona charchoqqa engilmaydi, o`zini yaxshi his qiladi va uyqusizlikdan aziyat chekmaydi.

7. Pilates.

Yagona sharti: mashq jarayonida murabbiy ishtiroki zarur. Ana shunda shikastlanish va charchab qolish holatlari kuzatilmaydi. Bu jismoniy mashq turida katta koptok, turli hajmdagi gantel, arqon kabi atributlardan keng foydalaniladi. Ayniqsa, koptokda engil sakrash kichik tos suyaklarini tug`ruq jarayonida ochilishiga tayyorlaydi. Pilates mashqi qomatni ortiqcha vazndan asrashi bilan birga gormonal fonni me`yorlashtiradi va tomirlarda qon aylanishini yaxshilaydi. Pilates tug`ruqdan keyin vazn tashlash masalasi uchun ayni mos mashqdir.

8. Yoga 

Homiladorlik vaqtida juda kerak bo`ladigan xotirjamlik, xayolni bir erga jamlash, asabiylashmaslik va og`ir-bosiqlikni aynan yoga mashqlarni bajara turib his qilishingiz mumkin. Mashq davomida to`g`ri nafas olishni o`rganasiz, shuningdek, tug`ruq jarayoniga bo`g`imlar va terini tayyorlab ham borasiz.

Eslatma: Ona va bolaning salomatligini mustahkamlash, tug`ruq jarayonining og`riqsiz kechishini ta`minlash uchun mashqlarni to`g`ri bajarishning o`zi kifoya qilmaydi. Jismoniy faollik bexatar bo`lishi uchun, avvalo, shifokor bilan malahatlashish zarur ekani yodingizdan chiqmasin.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
Buxoroda onadan 3 nafar farzandi uchun aliment puli undirildi

12.12.2019, 16:14

Aksariyat hollarda farzandlar ta`minoti uchun otalardan aliment undiriladi. Shundan farqli o`laroq bu ijro ishida aliment onadan undirildi.F.Ya. Buxoro shahrida tug`ilgan I.J. bilan turmush qurib, 3...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1