1

Yurak bezovtaligining 6 belgisi: ular sizga tanishmi?

Salomatlik 06.10.2016, 14:47
Teglar: Salomatlik
Yurak bezovtaligining 6 belgisi: ular sizga tanishmi?

Ko`pchiligimiz yurak xuruji qanday bo`lishidan xabardormiz. Hech bo`lmaganda u xaqda eshitganlarimiz bor. Biroq har kim ham yurak faoliyatidagi o`zgarishlardan ogohlantiruvchi belgilar haqida bilmasa kerak. Agar o`zingizda quyidagi 6 ogohlantiruvchi belgisini sezsangiz, albatta shifokorga murojaat eting.

Asosiy omillar

Odatda 40 yoshdan oshgan erkak va ayollarda yurak faoliyati bilan bog`liq kasalliklar kuzatiladi. Biroq organizm tuzilishi va boshqa bir qator omillar borki, kasallik yoshini ancha avvalga surishi mumkin. Bular:

  • o`ta semizlik (tana vaznining me`yoridan ortiqchaligi);
  • kamharakatlilik;
  • tanovul vaqti ko`p tuz iste`mol qilish;
  • nosog`lom turmush tarzi (zararli odatlarning mavjudligi).

Agar mana shu omillar mavjud bo`lib, naslda, aytaylik, ota-onada yurak kasalliklari bo`lsa, nasliy moyillikning erta uyg`onishi yuz berishi mumkin.

Unutmang!

Yurak-qon tomir kasalliklari yuzaga kelishi uchun jismoniy va emosional zo`riqish ta`siri bo`lishi kerak. Aynan mana shu ta`sir sabab yurak kasalliklari xuruj qiladi.

Og`riqning belgisi

Odatda yurak kasalliklariga taxmin qilinuvchi og`riqlar: sanchiqli, achishuvchan, ezib og`ruvchi, simillagan ko`rinishlarda bo`ladi. Bundan tashqari, og`riqlar nafaqat yurak sohasi, balki tananing boshqa a`zolarida ham sezilishi mumkin.

Bo`yin sohasidagi og`riq

Bo`yin sohasidagi simillab, cho`ziluvchan turga mansub og`riq asta-sekin chap elka va qo`llarga tarqaladi. Ba`zida bunday og`riqning tez-tez takrorlanishi yurak bezovtaligini bildirishi mumkin.

Nega shunday? Yurak to`qimasining zararlangan asab tolalari orqa miyadan yuqori va pastga tarqalgan signallarni yuboradi. O`z navbatida signallar elka va bo`yin sohasida aks etadi. Mazkur og`riq bir erda to`planmay, tarqalib harakatlanishi mumkin.

Holsizlik, nafas qisishi...

Yaqin kunlarda holsizlik, kamquvvatlilik va ba`zan bosh aylanishi bezovta qilayaptimi? Ehtimol zinadan ko`tarilayotganingizda nafasingiz qisishi ham kuzatilayotgandir. Bu belgilar shifokorga ko`rinish uchuni etarli asosdir.

Nega shunday? Qon aylanishining buzilishi kislorod ta`minotiga to`sqinlik qiladi. Agar o`z-o`zidan nafas olish qiyinlashib qolsa, bu stenokardiyaning ilk belgilari bo`lishi ham mumkin.

Yurak faoliyati bilan bog`liq nafas qisishini ajratish uchun og`ir yuk ko`tarish, ruhiy zo`riqish holatlarida xuruj qilishiga diqqat qiling.

Ko`ngil aynishi

Yurak og`riqlari chap ko`krak sohasida bo`ladi, degan tasavvurda bo`lsak-da, ayrim hollarda ko`ngil aynishi, loxaslik va jig`ildon qaynashi, tana bosimining ko`tarilishi ham kasallikning erta belgilaridan bo`lishi mumkin. Odatda bunday belgilar yurak xuruji, infarkt yoki miokarddan oldin kuzatiladi.

Nega shunday? Yurakdagi o`zgarishlar haqidagi signal tana bo`ylab tarqalganda ko`krak qafasi va elkalarda og`riq turishi mumkin. Ko`ngil aynishi va loxaslik esa bezovtalik asosli ekanligini tasdiqlaydi.

Tish va jag` og`riqlari

Kutilmaganda tish og`rig`ining paydo bo`lishi nafaqat og`iz bo`shlig`i kasalliklari, balki yurak-qon tomir faoliyati bilan bog`liq bezovtaliklarning belgisi bo`lishi ham mumkin. Ahamiyat bergan bo`lsangiz, tish og`rig`ini qancha davolatmang, og`riq qaytalayveradi. Bunday vaqtlarda shifokorga ko`rinish va og`riq yurak bilan bog`liqligi ehtimolini tekshirish lozim.

Nega shunday? Yurakdagi o`zgarishlar tana bo`ylab ogohlantiruv signal bo`lib tarqalganda elka, bo`yin sohalari bilan birga tish va jag` suyaklarida ham aks etishi mumkin. Ayniqsa, tishning jag` suyagi bilan birga zirillab og`rishiga be`tibor bo`lish yaramaydi.

Bosh og`rig`i

Bir oyda tez-tez takrorlanuvchi bosh og`rig`ining asab qo`zg`alishlari bilan yuzaga kelishi hamda qon bosimining o`zgarishi holatlari yurak-qon tomir faoliyati bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Bunda bosh og`rig`i tez-tez takrorlanib, ko`z oldida yorug`lik siniqlari aks etsa, albatta shifokorga uchrash zarur.

Nega shunday? Organizmdagi qon aylanishi (sirkulyasiya) holati buzilishlarida bir qator jarayonlar yuzaga kelib, shular qatorida yurak faoliyatida ham ta`siri bo`ladi. Bu esa o`z navbatida bosh og`rig`i, bosim buzilishlarini keltirib chiqaradi.

Diqqatni jamlolmaslik

Aritmiya (yurak pulsining tez yoki sekin urishi) sabab ayrim vaqtlarda diqqatni jamlash qiyinlashib, parishonxotirlik yuzaga kelishi mumkin. Bu holat doimiy turmush tarzida bilinmay, kutilmaganda yuz beradi va bir muddat diqqatni jamlashning imkoni yo`qoladi.

Nega shunday? Qon bosimi pasayib ketganda miya faoliyati uchun etarli darajada qon etib bormaydi. Natijada ongda axborot tahlili bir muddat to`xtab, idrok etish sekinlashadi.

Shifokor tavsiyasi

Kasallikning oldini olish uchun turmush tarzini yaxshi tarafga o`zgartirish lozim. Shuningdek, hazmi og`ir yog`lar va tuz miqdorini kamaytirib, parhez taomlarga o`tish hamda o`troq turmush tarzidan cheklanish foydadan xoli bo`lmaydi. Qolaversa, bir kunda 3 km.dan 5 km.gacha piyoda yurish ham yurak-qon tomirlari faoliyatiga ijobiy ta`sir etadi.

Bu muhim!

35-40 yoshlilar har yili tibbiy ko`rikdan o`tishlari shart. Ayniqsa, qondagi lipidlar ko`rsatkichi, qand miqdorini tekshirtirishlari va zarur hollarda kerakli muolajalarni olishlari maslahat beriladi.

Oliy toifali shifokor-kardiolog Dilorom MADAMINOVA tavsiyalari asosida

Samira ULUG`BEKOVA tayyorladi

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1