Qozog`istonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari g`alaba kuni munosabati bilan kamida 1,5 million tengedan (3,3 ming dollar) oladi, deb ma`lum qildi jurnalistlarga mehnat va aholini ijtimoiy himoyalash vaziri Tamara Duysenova.
Vazirning ta`kidlashicha, hozirda mamlakatda 237 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari yashamoqda.
“Ularga 9 mayda kamida 1,5 million tengedan moddiy yordam ko`rsatiladi”, – dedi u va hududiy hokimiyatlar qarori bilan moddiy yordam puli miqdori oshirilishi ham mumkinligini qo`shimcha qilgan.






