Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lum qilishicha, dunyoda yiliga o`rtacha 247 million kishiga bezgak tashxisi qo`yilmoqda.
Eng yomoni, mintaqada ushbu infeksiya oqibatida hayotdan ko`z yumayotganlarning 80 foizi — besh yoshgacha bo`lgan bolalar.
JSST rahbari Tedros Gebreesus qayd etganidek, hozir bezgakka qarshi kurashish vositalari mavjud. Bu boradagi profiliktika, diagnostika va davolash usullari samaradorligi tasdiqlangan.
Xususan, kasallikka qarshi emlanish orqali har yili o`n minglab bolalarning hayotini saqlab qolish mumkin. Qolaversa, infeksiya o`choqlari aniqlangan mamlakatlarga ko`mak berish yo`li bilan epidemiyani jilovlash imkoni bor.
Masalan, 2019 yilda sinovdan muvaffaqiyatli o`tgan bezgakka qarshi birinchi vaksina qariyb 30 yillik izlanishlar natijasida yaratildi.
U kasallikning oldini olishda xavfsiz va samarali ekani isbotlandi. Shundan so`ng mazkur emlash vositasi JSST tomonidan 2021 yilda ommaviy qo`llash uchun tavsiya etildi.
Hisob-kitoblarga ko`ra, hozirgacha Gana, Keniya va Malavida 1,5 million bola tashkilot tomonidan muvofiqlashtirilgan pilot-loyiha asosida birinchi dozada emangan. Ikkinchi dozadagi vaksinasiya dasturi ma`qullanishi bilan emlanuvchi qatlam qamrovi yanada oshadi.
Qolaversa, hozir bezkak tarqatuvchi chivinlarga qarshi kurashda innovasion usullardan foydalanishga kirishilgan.






