Turli davlatlarning 200 dan ortiq fuqarosi 26 aprel kuni Sudandan evakuasiya qilindi va Jidda shahriga etkazildi. Bu haqda Saudiya Arabistoni matbuot agentligiga (SPA) tayanib Al Arabiya`ga tayanib "Kun.uz" xabar berdi.
Saudiya Arabistoni yordami bilan Sudandan evakuasiya qilinganlar orasida Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSh, O`zbekiston, Yaman, Singapur, Kamboja, Malayziya va Pokiston fuqarolari borligi aytilmoqda.
Evakuasiya qilingan O`zbekiston fuqarolari soni va ismi-sharifi xabarda keltirilmagan.
SPA ma`lumotlariga ko`ra, evakuasiya qilinganlar HMS Abha kemasida Jiddaga etkazilgan va Qirollik «ularni o`z mamlakatlariga jo`nab ketishga tayyorgarlik ko`rish uchun barcha ehtiyojlarini ta`minlaydi.
Qayd qilinishicha, evakuasiya boshlanganidan beri Sudandan taxminan 2351 kishi, shu jumladan Saudiya Arabistonining 119 nafar fuqarosi va 67 davlatning 2232 nafar fuqarosi olib chiqilgan.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma`lumotlariga ko`ra, Sudanda 15 aprelda boshlangan mojaroda kamida 459 kishi halok bo`lgan, 4 mingdan ortig`i jarohatlangan.
Mamlakatda armiya qo`mondoni Abdulfattoh al-Burxonga sodiq qo`shinlar va uning sobiq o`rinbosari, tezkor qo`llab-quvvatlash kuchlariga (RSF) qo`mondonlik qilgan raqibi Muhammad Hamdan Daglo o`rtasida janglar bo`lib o`tmoqda.






