Sudandagi Tezkor harakat Kuchlari evakuasiyada ishtirok etgan Turkiya Harbiy-havo kuchlari samolyotiga o`q uzganlikda ayblanmoqda. Layner Vodi Sayyidna aerodromiga qo`nmoqchi bo`lganida, unga qarata o`t ochilgan. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Buning natijasida yonilg`i baklari shikastlangan va ekipaj a`zolaridan biri jarohat olgan. Bu holatda samolyot erga muvaffaqiyatli qo`nishga erishdi. Mutaxassislar uni ta`mirlashga kirishgan.
Shu bilan birga, Sudan THK Turkiya samolyotini o`qqa tutganlik ayblovlarini rad etdi. Ular bu voqeada Sudan qurolli kuchlarini ayblamoqda.
Turkiya Milliy mudofaa vazirligi samolyotning o`qqa tutilgani faktini tasdiqladi, shu bilan birga, tomonlarga javobgarlikni yuklamadi. Bo`lim bayonotiga ko`ra, hodisa natijasida qurbonlar yo`q.