AsosiyDunyo

Erdo`g`on Suriyada IShID etakchisi yo`q qilingani haqida xabar berdi

'Erdo`g`on Suriyada IShID etakchisi yo`q qilingani haqida xabar berdi'ning rasmi

Turkiya razvedkasi Suriyada IShID terrorchilik guruhi etakchisi Abu al-Husayn al-Qurayshiyni yo`q qildi. Bu haqda 30 aprel, yakshanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on TRK Turk telekanali efirida aytib o`tdi.

Shuningdek, u o`zining Twitter mikroblogida IShID etakchisining yo`q qilinishi haqida yozgan. U erda Erdo`g`on operasiya 29 aprel kuni bo`lib o`tganiga aniqlik kiritdi, biroq o`ldirilgan jangari nomini aytmadi.

Ayni vaqtda, Reuters agentligi Suriya razvedka idoralariga tayanib xabar berishicha, reyd Suriya shimoli-g`arbidagi Jandaris shahrida amalga oshirilgan.

IShIDning sobiq rahbari Abu al-Hasan al-Hoshimiy al-Qurayshiy edi. AQSh Mudofaa vazirligi 2022 yil 30 noyabrda u o`ldirilgani haqida e`lon qildi. O`shanda Pentagon xabarida aytilishicha, jangari Turkiya tomonidan qo`llab-quvvatlangan Ozod Suriya armiyasi (OSA) tomonidan mamlakat janubida uyushtirilgan amaliyotda o`ldirilgan.

    Boshqa yangiliklar