Furqat Sidiqov AQSh prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Siyosat 02.05.2023, 09:32
Furqat Sidiqov AQSh prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O`zbekistonning AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ish boshlagan Furqat Sidiqov Qo`shma Shtatlar prezidenti Jo Baydenga ishonch yorliqlarini topshirdi. Elchi bu haqda o`zining Twitter sahifasida ma`lum qildi.

"Ishonch yorlig`imni topshirish marosimida suratga tushdim. Prezident Jo Bayden bilan uchrashish katta sharaf. Men xalqlarimiz o`rtasidagi do`stlik va hamkorlikni mustahkamlash, strategik sherikligimizni yanada mustahkamlashga intilaman", — deydi diplomat.

Eslatib o`tamiz, joriy yil 4 aprel kuni Furqat Siddiqov O`zbekistonning Amerika Qo`shma Shtatlardagi elchisi sifatida faoliyatini boshlagani xabar qilingan edi. 

Furqat Siddiqov 2020 yil mayda O`zbekiston tashqi ishlar vaziri o`rinbosari bo`lgan, 2022 yil noyabridan tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

2017 yildan buyon O`zbekistonning AQShdagi diplomatik missiyasini Javlon Vahobov boshqarib kelayotgandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1