AsosiyDunyo

Germaniyada o`zbek she`riyati asosida konsert o`tkazildi

'Germaniyada o`zbek she`riyati asosida konsert o`tkazildi'ning rasmi

Germaniyaning Berlin shahrida o`zbek she`riyatiga asoslangan Kirill Rixter va dirijyor Alibek Kabduraxmonov boshchiligidagi O`zbekiston Milliy simfonik orkestrining konserti o`tkazildi. Bu haqda Saida Mirziyoeva o`z sahifasida ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, Kirill Rixter aynan shu konsert uchun o`zbek she`riyatiga asoslangan asar tayyorlab, uning musiqasi va ssenografiyasiga mualliflik qildi. Ko`rgazma mamlakat tarixining boyligi va rang-barangligini namoyish etadi hamda tarixiy merosni asrash va o`rganishning muhim ahamiyatini ko`rsatadi.

 

“Ushbu loyiha tinglovchilarga o`zbek she`riyatining teranligi va go`zalligini his etish hamda sozandalarimizning iste`dodi va mahoratiga baho berish imkonini beradi. 

 

Ushbu musiqiy tadbirni ‘O`zbekistonning arxeologik xazinalari. Aleksandr Makedonskiydan Kushonlar imperiyasigacha’ ko`rgazmasining debochasi deyish mumkin. Ko`rgazma yurtimiz tarixining boyligi va rang-barangligini namoyish etadi hamda tarixiy merosni asrash va o`rganishning muhim ahamiyatini ko`rsatadi”, — deydi Saida Mirziyoeva.

    Boshqa yangiliklar