AsosiyDunyo

AQShda 100 ga yaqin mashina to`qnashdi. Qurbonlar bor (video) 

'AQShda 100 ga yaqin mashina to`qnashdi. Qurbonlar bor (video) 'ning rasmi

AQShning Illinoys shtatida chang bo`roni tufayli yuzga yaqin mashina to`qnashib ketdi. Bu haqda mahalliy polisiya xabar berdi.

Yo`l-transport hodisasi oqibatida olti kishi halok bo`lgan, 30 dan ortiq odam jarohatlangan. Hodisa katta yo`lda sodir bo`lgan. Polisiya chang bo`roni vaqtida 40-60 ta engil avtomobil va 30 ga yaqin yuk mashinasi to`qnashib ketgani, ulardan ikkitasi yonib ketganini xabar qilmoqda.

“Hozirda kasalxonaga 30 dan ortiq jarohatlanganlar yuborilgani haqida ma`lumotga egamiz. Avariyada olti kishi halok bo`lgan”, — deydi polisiya.
Qurbonlar orasida ikki yoshdan 80 yoshgacha bo`lgan odamlar ham bor.

Hodisaga kuchli shamolning dalalardagi tuproqni uchirib ketgani sabab bo`lgan. Natijada qum bo`roni boshlangan, bu esa magistralda ko`rishni nolga olib kelgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar