Isroil va Falastin sulh bitimiga erishdilar. O`t ochishni to`xtatish kelishuvi 3 may kunidan kuchga kirdi, deb xabar bergan Reuters Falastin rasmiysiga tayanib. Misr, Qatar va BMT muzokaralarda vositachi bo`ldi.
Xabarga ko`ra, kecha, 2 may kuni Falastin islomiy jihodining yuqori martabali a`zosi Hader Adnan Isroil qamoqxonasida vafot etdi. U uchinchi oy ochlik e`lon qilgan.
Xuddi shu kuni G`azo sektoriga Isroil tomon bir necha o`nlab raketalarni otdi. Kamida uch kishi jarohatlangan. 3 mayga o`tar kechasi Isroil bunga javoban G`azo sektorini o`qqa tutdi. Isroil armiyasining xabar berishicha, zarbalar XAMAS marralariga berilgan. Falastin matbuotiga ko`ra, G`azoda bir kishi yaralangan.






