Ikkita dron Kremlni nishonga olishga qaratildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Harbiylar va maxsus xizmatlarning radar jangovar tizimlaridan foydalangan holda o`z vaqtida ko`rgan choralari natijasida qurilmalar ishdan chiqdi. Hujum vaqtida prezident jabrlanmadi”, — deyiladi xabarida.
Ma`lum bo`lishicha, Rossiya prezidenti Ukraina hujumidan zararlangani yo`q. Putinning ish grafigi o`zgarishsiz davom etmoqda.
Shuningdek, Moskvada 3 maydan boshlab dronlar uchirish taqiqlandi.






