AsosiyDunyo

Ukraina Kremlga tundagi dron hujumiga aloqasi yo`qligini ma`lum qildi

'Ukraina Kremlga tundagi dron hujumiga aloqasi yo`qligini ma`lum qildi'ning rasmi

Biroz avval, Kreml dron hujumi va Vladimir Putinga suiqasd borasida ma`lumot bergan edik.

Ukraina prezidenti matbuot kotibi Sergey Nikiforov Kremlga uyushtirilgan hujum borasida bayonot berdi.

Izohga ko`ra, Kievning maqsadi Moskvani nishonga olish emas, bosib olingan hududlarni ozod qilishdir.

"Bizda Kremlga tungi hujumlar deb atalmish hujumlar haqida hech qanday ma`lumot yo`q, biroq prezident Zelenskiy bir necha bor ta`kidlaganidek, Ukraina barcha mavjud kuch va vositalarni boshqalarga hujum qilish uchun emas, balki o`z hududlarini ozod etishga yo`naltiradi", deydi u.

Nikoforovning so`zlariga ko`ra, mazkur voqealar 9 maygacha vaziyatni keskinlashtirishga xizmat qiladi. 

 

Mavzuga oid:

Kreml qarorgohidagi hujumga uchragan gumbazning hozirgi ko`rinishi e`lon qilindi.

Ma`lum bo`lishicha, birinchi dron Kreml uzra mahalliy vaqt bilan soat 2:27 da, ikkinchisi esa 02:43 da ko`rinish bergan.

    Boshqa yangiliklar