AsosiyDunyo

Moskva Kremlga qilingan hujumga javob qaytarishga va`da berdi

'Moskva Kremlga qilingan hujumga javob qaytarishga va`da berdi'ning rasmi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 3 mayga o`tar kechasi Kremlga qarshi dron yordamida amalga oshirilgan hujumni keskin qoralaydi. Bu haqda mamlakat TIV bayonotida keltirilgan.

“Ularning ortida uzoq va ongli ravishda terrorchilik usullarini qo`llab-quvvatlagan va fuqarolik infratuzilmasi va tinch aholiga qarshi qo`llagan Kiev rejimi turganiga shubha yo`q. 2022 yil 8 oktyabrda Qrim ko`prigini buzish, Bryansk, Belgorod va Rostov viloyatlaridagi noharbiy nishonlarga hujumlar, ko`plab sabotajlar bunga misol. Endi Moskva. Ukraina Qurolli kuchlarining terrorchilik va qo`poruvchilik faoliyati misli ko`rilmagan sur`atda jadal rivojlanmoqda”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, bayonotda qayd etilishicha, Ukrainaning bu harakatini o`ziga xosligi G`alaba kuni va Ulug` Vatan faxriylari ishtirok etadigan 9 may parad arafasida Rossiya Prezidentiga suiqasd uyushtirilganidir.

Bayonotda bunday jinoyatlar javobsiz qolmasligi ta`kidlangan.

“Biz barcha jinoyatchilar topilishiga ishonchimiz komil. Ularni qattiq va muqarrar jazo kutmoqda”, deya ishontirgan Moskva.

    Boshqa yangiliklar