Turkiyaning g`arbiy Baliqesir viloyatida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida kamida 33 kishi, asosan, bolalar jarohatlandi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Bursa-Balikesir avtomobil yo`lida lisey o`quvchilari bo`lgan avtobus xuddi shu yo`nalishda harakatlanayotgan yuk mashinasiga borib urilgan.
Hodisa oqibatida avtobus haydovchisi, lisey xodimi va 31 nafar o`quvchi jabrlangan. Voqea joyiga polisiya, tez yordamdan tashqari viloyat gubernatori ham etib kelgan.






