AsosiyDunyo

Qozog`istondagi qurilishda o`zbekistonlik ishchi vafot etdi

'Qozog`istondagi qurilishda o`zbekistonlik ishchi vafot etdi'ning rasmi

Qozog`istonning Qizilo`rda shahridagi qurilish maydonida o`zbekistonlik ishchi halok bo`ldi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi

Qozog`iston Favqulodda vaziyatlar departamentining aniqlik kiritishicha, fojia do`kon qurilishi vaqtida sodir bo`lgan.

“Shu yilning 4 may kuni soat 15:11 da Qizilo`rda shahrining Turequlov ko`chasida ikki qavatli do`kon qurilishi vaqtida 1996 yilda tug`ilgan ishchining (O`zbekiston Respublikasi fuqarosi) ustiga yog`och shift qulab tushdi. Erkak voqea joyida vafot etdi. Jasad vayronalar ostidan olib chiqildi”, deyilgan xabarda.

Marhumning shaxsi va qaysi viloyatdan ekaniga aniqlik kiritilmagan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar