London polisiyasi Karl III ning toj kiyish marosimida jamoat tartibini saqlash vaqtida 52 kishini hibsga oldi. Bu haqda “Trend” TASS agentligiga tayanib xabar bermoqda.
"Bezorilik, tartibbuzarlik, osoyishtalikni buzish maqsadida til biriktirish kabi jinoyatlar sodir etganliklari uchun jami 52 nafar shaxs qo`lga olindi. Qo`lga olinganlar hibsda qolmoqda", - deyiladi xabarda.
Hibsga olinganlar orasida monarxiyaga qarshi "Republic" guruhi a`zolari, jumladan uning rahbari Grexem Smit va "Just stop oil" jamoat kampaniyasining 18 nafar faoli bor. Polisiya shanba kuni ertalab Trafalgar maydonida to`plangan monarxiya muxoliflarining tinch namoyishi ishtirokchilari bilan muloqotni davom ettirmoqda.






