Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov bugun, 7 may kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga (Rossiya Federasiyasi) uchib keldi.
Tashrif doirasida Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama muzokaralar o`tkazilishi kutilmoqda.
Davlat rahbarlari ikki va ko`p tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni, o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar.
Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Sadir Japarovning boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlari ham rejalashtirilgan.






