1

Nar Kamber: “Anadoluga ketganmiz, ammo asl yurtimiz bu er” (video)

Madaniyat 07.05.2023, 19:26
Nar Kamber: “Anadoluga ketganmiz, ammo asl yurtimiz bu er” (video)

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida III Xalqaro baxshichilik san`ati festivali bo`lib o`tmoqda.

Festivalda o`ttizdan ortiq davlatdan kelgan xalqaro delegasiya vakillari, 17 davlatdan yig`ilgan san`at ustalari jam bo`ldi.

Darakchi.uz Turkiya davlatidan tashrif buyurgan Nar Kamber bilan suhbatlashib, festival haqidagi fikrlarini so`radi:

“O`zbekistonga salomlar. Men Turkiyadan keldim. Festivalda birinchi marta ishtirok etyapman. Haqiqatdan ham festival juda muvaffaqqiyatli o`tyapti. Bu ishni amalga oshirganlarni tabriklayman. Madaniyatlarning bir erda bo`lishi, birlashishi juda muhim. Dunyoning har tarafidan, 17 mamlakatdan madaniyat a`zolarining bu erda birlashishi madaniyatlarning yashashi uchun juda muhim. Tashkilotchilarni takroran qutlayman. Men ham festival uchun bir she`r yozdim. Sahnada ham biroz avval o`qib eshittirdim. O`zbek do`stlarimiz bilan og`a-ini ekanligimizni, qonimizning, jonimizning bir ekanligini, ayni madaniyatga oid ekanligimizni ifoda etdim. Chunki bu er mening o`z yurtim. Anadoluga ketganmiz ammo asl yurtimiz bu er, ajdodlarimizning yurti bu er, Samarqanddan, Buxorodan ketishgan. Takroran bu erga kelishdan juda ham zavq oldim.

O`zbekistonga birinchi marta kelyapman. Ammo so`rarsanki, yana kelasizmi? Albatta, seva-seva kelaman. Bu er mening o`z yurtim. Inson uyiga kelmaydimi?!

O`zbekiston rivojlanayotgan bir o`lka. Madaniyatga bu qadar e`tibor berayotgan ekan, yanada rivojlanadi. Madaniyat yashasa hamma narsa o`z iziga tushadi. Iqtisodiyot yuksaladi. Xalq hayoti yaxshilanadi.

Yana bir bor tashkilitchilarni va sizni tabriklayman”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1