Janubiy Koreyada o`tayotgan og`ir atletika bo`yicha Osiyo chempionatida erkaklar o`rtasida -67 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Adhamjon Ergashev kumush va bronza medallarini qo`lga kiritdi.
Dast ko`tarish mashqidagi 138 kg ushbu dasturda shohsupaga ko`talirish uchun kamlik qildi.
Adhamjon siltab ko`tarish mashqida 174 kg natija bilan kumush medalga ega chiqqan bo`lsa, umumiy hisobdagi 312 kg bronza medalini keltirdi.
Shu vazn toifada qatnashgan yana bir yosh va umidli sportchimiz Ro`zmetov Diyorbek 284 (127+157) kg natija bilan musobaqaning 7-pog`onasidan joy oldi






