18-19 may kunlari Xitoy va Markaziy Osiyoning beshta respublikasi rahbarlarining sammiti bo`lib o`tadi.
Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin ma`lum qildi.
Tadbir o`tkaziladigan joy Xitoy shimolida joylashgan Shensi provinsiyasidagi Sian shahri bo`ladi. Xitoy rahbari Si Szinpin mezbonlik qiladigan sammitda Qozog`iston Prezidenti Qosim-Jomart To`qaev, Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etadi.
Mazkur sammit Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlar o`rtasida davlat rahbarlari darajasidagi oflayn formatidagi ilk uchrashuv bo`ladi.






