1

Endi 18 yoshgacha bo`lgan bolalar muzey va ziyoratgohlarga bepul kiradi

Madaniyat 08.05.2023, 22:13
Endi 18 yoshgacha bo`lgan bolalar muzey va ziyoratgohlarga bepul kiradi

Prezident “Yangi tahrirdagi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini amalga oshirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmonni imzoladi.

Unga ko`ra:  

Bolalar va yoshlarda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, Vatanga bo`lgan mehr-muhabbat tuyg`ularini shakllantirishga oid qoidalarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 1 sentyabr kunidan boshlab respublika fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha bo`lgan bolalarning madaniy meros ob`ektlariga, jumladan ko`rgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga to`lovsiz kirish tartibi joriy etilmoqda.

Mazkur tartib yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 78-moddasida belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1