9 may kuni Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In G`alaba kuni munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tabrik telegrammasi yo`lladi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Unda Rossiyaning xalqaro adolat uchun kurashda g`alaba qozonishiga ishonch bildirilgan.
“Ishonchim komilki, siz rahbarligingizdagi qat`iyatli va adolatli rus xalqi bundan buyon ham suverenitet, mamlakat qadr-qimmati hamda mintaqada barqarorlikni ta`minlash, har qanday chaqiriqlarni engish yo`lida g`alaba qozonadi. Shu munosabat bilan sizlarga xalqaro adolatni ro`yobga chiqarish uchun muqaddas kurashga mardonavorlik tilayman va Rossiya armiyasi hamda xalqiga yana bir bor qizg`in jangovar salomlar yo`llayman”, — deyiladi telegrammada.






