AsosiyDunyo

Agar biz tovarlar Evropa Ittifoqidan uchinchi davlatlarga chiqib ketib, keyin Rossiyaga kirayotganini ko`rsak, bunga chora ko`rishimiz kerak"

'Agar biz tovarlar Evropa Ittifoqidan uchinchi davlatlarga chiqib ketib, keyin Rossiyaga kirayotganini ko`rsak, bunga chora ko`rishimiz kerak"'ning rasmi

Evropa Ittifoqiga a`zo davlatlar 10 may kuni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarning birinchi muhokamasini boshladi. Biroq muzokaralar cho`zilib ketishi mumkin, deb yozmoqda "Zamon.uz" "Reuters"ga tayanib. 

Ba`zi davlatlar sanksiyalarni juda yumshoq deb hisoblasa, boshqalari esa xalqaro aloqalariga putur etkazishdan qo`rqishadi. Bir qator diplomatlar ta`kidlaganidek, keng ko`lamli turlicha qarashlar yaqin orada kelishuv kutilmasligini bildiradi.

Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Leen 9 may kuni Kievda yangi sanksiyalar Rossiyaning mavjud savdo cheklovlarini chetlab o`tishni to`xtatishga qaratilganini va G7 davlatlari bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilganini aytdi.

“Agar biz tovarlar Evropa Ittifoqidan uchinchi davlatlarga chiqib ketib, keyin Rossiyaga kirayotganini ko`rsak, bunga chora ko`rishimiz kerak", — deydi Evrokomissiya rahbari.

    Boshqa yangiliklar