AsosiyDunyo

Erdog`an Turkiyada davlat xizmatchilarining maoshini 45 foizga oshirdi

'Erdog`an Turkiyada davlat xizmatchilarining maoshini 45 foizga oshirdi'ning rasmi

Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdog`an  davlat xizmatchilarining maoshlari oshirilishini ma`lum qildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, u davlat xizmatchilarining maoshi va pensiyalarini oshirish borasidagi ishlarni davom ettirishini qo`shimcha qilgan.

“Anadolu” xabariga ko`ra, rasmiylar 2023-2024 yillarda 700 mingga yaqin davlat xizmatchisining maoshini oshirish niyatida. Bundan tashqari, ular qo`shimcha ish haqi, tungi ishchilarning ish haqi va faxriylarning nafaqalarini oshirishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o`tamiz, 14 may kuni mamlakatda prezidentlik saylovlari o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar