AsosiySiyosat

Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O`zbekistonga keladi

'Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O`zbekistonga keladi'ning rasmi

Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O`zbekistonga keladi. Bu haqda Investisiyalar sanoat va savdo vazirligi xabar berdi

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 8-9 may kunlari Investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov amaliy tashrif bilan Qatarda bo`lib, ushbu davlatning vazirlik va idoralari hamda yirik kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o`tkazgan. Uchrashuvlarda ikki tomonlama investisiyaviy hamkorlik va sanoat kooperasiyasining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ko`rib chiqilgan. 

Xususan, Qatar Savdo va sanoat vaziri Muhammad Ol Soniy bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan. Unda Qatar Amirining O`zbekistonga bo`lajak tashrifi ko`p qirrali sheriklikni yanada chuqurlashtirishga kuchli turtki berishi ta`kidlangan. 

    Boshqa yangiliklar