AsosiyDunyo

Xitoyda 500 mingdan ortiq odam toshqindan jabr ko`rdi

'Xitoyda 500 mingdan ortiq odam toshqindan jabr ko`rdi'ning rasmi

Xitoy sharqidagi Szyansi provinsiyasida kuchli yomg`irlar oqibatida 500 mingdan ortiq kishi jabr ko`rdi. To`g`ridan-to`g`ri iqtisodiy zarar 670 million yuanga (97 million dollar) baholanmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar qildi.

 

O`tgan haftadan beri Xitoyning markaziy va sharqiy hududlarida yog`ayotgan kuchli yomg`irlar katta suv toshqinlariga olib keldi, ulardan faqat Szyansi provinsiyasida 536 ming kishi jabr ko`rdi va 16 ming aholi evakuasiya qilindi.

Hisobotga ko`ra, Szyansi provinsiyasida (Sharqiy Xitoy) suv toshqinlari oqibatida yuzdan ortiq uy zarar ko`rgan, 2,3 ming gektar maydondagi ekinlar vayron bo`lgan. To`g`ridan-to`g`ri iqtisodiy zarar 670 million yuanga (97 million dollar) baholanmoqda.

Kuchli yog`ingarchilik tufayli mamlakatning 21 daryosida suv sathi xavfsiz ko`rsatkichdan oshib ketdi.

Prognozga ko`ra, 11-13 may kunlari bir vaqtning o`zida Xitoyning janubiy hududlarida, jumladan, Guandun, Xaynan va Guansi-Chjuan avtonom tumanida kuchli yomg`ir yog`ishi mumkin.

Xitoy Xalq Respublikasining suv toshqini va qurg`oqchilikka qarshi kurash bo`yicha davlat shtabi payshanba kuni kechqurun selga qarshi favqulodda choralar rejimi joriy etilganini e`lon qildi.

Mahalliy hokimiyat organlari suv toshqini ehtimoli bo`lgan hududlarda joylashgan aholini evakuasiya qilish bo`yicha profilaktika choralarini ko`rmoqda.

    Boshqa yangiliklar