Bugun Toshkentda boks bo`yicha jahon chempionati yakuniga etadi. Musobaqaning so`nggi kunida O`zbekiston terma jamoasining 4 nafar vakili oltin medal uchun jang qiladi.
-54 kg: Oybek Jo`raev - Mahmud Sabirxan (Qozog`iston)
-57 kg: Abdumalik Xalokov - Seidel Horta (Kuba)
-63.5 kg: Ruslan Abdullaev - Chinzorig Batarsux (Mo`g`uliston)
-71 kg: Saidjamshid Jafarov - Aslanbek Shimbergenov (Qozog`iston)
Janglar soat 17:00 dan boshlanadi.